alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“NURAFSHON” GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARG‘IBOT ISHCHI GURUHI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

09:57 06.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, tyutorlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari hamda talabalardan iborat Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida “Nurafshon” targ‘ibot guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Ertalabki “Shukronalik” tadbirida talabalarga targ‘ibot guruhi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi va ko‘ngilli yoshlarni taklif etildi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘rtasida chekish va giyohvandlikni oldini olish, salbiy illatning inson salomatligi, hayotiga ta’siri, talabalar bo‘sh vaqtlarini turli to‘garak mashg‘ulotlari bilan o‘tkazishlari kabi mavzularda suhbat olib borildi. Yakunda tadbir ishtirokchilariga giyohvandlikka qarshi ma’lumotlar keltirilgan bukletlar tarqatildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!