alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OʻQISHNI KOʻCHIRIB KELGAN TALABALAR BILAN UCHRASHUV

18:44 05.10.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov 2022-2023-oʻquv yilida oʻqishni davom ettirish uchun qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirib kelgan talabalar bilan uchrashuv olib bordi. Unda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Q.Yusupov, Davolash fakulteti dekani B.Mamatov va uning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Institut rektori dastavval talabalarga ichki tartib-qoidalar, kiyinish madaniyati borasida maʼlumotlar berib oʻtdi va institutda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar borasida tushuntirdi. Shundan soʻng talabalarga oʻquv jarayoni, darslarda faol ishtirok etish, xorijiy tillarni oʻrganish, kutubxonadagi kitoblar fondi, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish kabi mavzularga alohida toʻxtaldi.

Uchrashuv soʻnggida talabalar guruhlarga biriktirilgan tyutorlar bilan tanishtirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!