alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OBOD” MFYDA BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

11:11 27.12.2021

“OBOD” MFYDA BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan “Obod” MFYda bayram dasturlari dam olish kunlari yanada o‘zgacha kayfiyatda o‘tkazildi. Mahalla aholisi turli zarrin chiroqlar bilan bezatilgan archa atrofida oilaviy sayrga chiqdilar. Pediatriya fakulteti xodimlari esa ularga konsert dasturlarini namoyish etdilar. Ayniqsa, bolajonlar mazza qilib o‘ynab quvonishdi. Chiroyli she’r va qo‘shiqlar aytib, tadbirga fayz kiritgan kichkintoylarga sovg‘alar ulashildi.

Stol tennisi musobaqalarining tashkil etilganligi esa sportsevarlarni bir joyga jamladi. Ularning maqsadi bir: sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.

Bayram tadbirlari har oqshom davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!