alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OBODLIK-KO‘NGILDAN BOSHLANADI

15:02 21.08.2021

Obodlik, tozalik bor joyda albatta baraka bo‘ladi. Azal-azaldan o‘zining mehnatkashligi, ahilligi bilan nom chiqargan xalqimiz bugun erta tongdan elga baraka kelishini, rizq kelishini so‘rab, xayriya hashariga chiqdilar. Obodlik va ozodalikni yaxshi ko‘ruvchi xalqimiz kimningdir yumushi yoki bir og‘ir ishi bo‘lsa jamoa bo‘lib yordam berishini ifoda etuvchi hasharni azaldan milliy qadriyat sifatida biladilar. Joriy yilning 21-avgust kuni mamlakatimizning barcha tashkilot, korxona, muassasalari kabi Andijon davlat tibbiyot institutida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish va xayriya hashari o‘tkazildi.

Obodonlashtirish hashari doirasida jamoaning ishchi-xodimlari tomonidan institutning asosiy binosi, 2-o‘quv binosi hamda talabalar turar joylaridagi hududlari obodonlashtirildi, ariqlar va lotoklar tozalandi, manzarali daraxtlarga shakl berildi va oqlandi, kerakli maydonlar chopilib, mavsumiy gullar parvarishlanib, begona o‘tlardan tozalandi.

| ADTI matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!