alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oila-maktab-mahalla-oliy ta’lim hamkorligi davom etadi

15:07 21.01.2020

Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun alohida ahamiyatga ega. Andijon davlat tibbiyot institutining maktablar bilan 2019-yilda boshlangan hamkorlik aloqalari davom etmoqda. 2020-yil 21-yanvar kuni Institutga Xo‘jaobod tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 20 nafar 11-sinf o‘quvchilari maktab yetakchi psixologi Baxtiyorjon Sultonov, psixolog Elyorbek To‘raxonov, Yoshlar yetakchisi Saidbek Arimjonovlar rahbarligida tashrif  buyurishdi.

Institut mehmonlarini davolash fakulteti dekan o‘rinbosari U.Karimov samimiy kutib oldi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni oliy ta’limga jalb etish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan.

Institut jamaosi mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida shifokor bo‘lish orzusida bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, talaba sifatida qabul qilishga tayyor ekanliklarini izhor etdilar.  Shundan so‘ng o‘quvchilar institut foyesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Institutning Simulyatsion o‘quv markazi, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar, institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar.

Shu kuni Asaka shahridagi 23-maktabning bir guruh bitiruvchi sinf o‘quvchilari ham maktab psixologi Elbek Xojirasulov, tarix fani o‘qituvchisi Inomjon Rasulov va maktab hamshirasi Mavluda Hayitova rahbarligida institut mehmoni bo‘lishdi. Mazkur maktab o‘quvchilari ham institutdagi tashriflaridan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!