alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oila-maktab-oliy o‘quv yurti hamkorligi davom etadi

17:29 03.02.2020

Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohotlar asosidagi maktab va oliy ta’lim hamkorlik yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir. O‘quvchilarni oliy ta’limga jalb qilish, qolaversa, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish maqsadida  Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning 103-guruh talabalari biologiya fani o‘qituvchisi N.Roziqova rahbarligida Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.

O‘quvchilarni institut rektori Madaminjon Madazimov rahbarligidagi institut jamoasi, «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida mas’ul lavozimlarga tayinlangan institut talabalari samimiy kutib oldilar.

Institut rektori professor M.M.Madazimov oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar, institut tarixi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ular erishayotgan yutuqlar haqida faxr bilan so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov hamrohligida talabalar o‘quv zallari, muzeylar, institutning simulyasion o‘quv markazi, ma’ruzalar zallari bilan yaqindan tanishdilar. Akademik litsey talabalari, ayniqsa simulyasion o‘quv markazidagi amaliy mashg‘ulotlarni qiziqish bilan kuzatdilar, institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  etarlicha javoblar olishdi.

Taassurotlarga boy tashrif yakunida Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!