alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OITS – XXI ASR VABOSI” MAVZUSIDA TARG’IBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI

21:54 01.12.2022

Andijon shahridagi Prezident maktabida 1-dekabr “Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “OITS – XXI asr vabosi” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbir Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti, “Qizlarjon” klubi hamda “Yosh volontyorlar” jamoasi tomonidan ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

Tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova ochib berdi va o’quvchilarga OITS, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.

So’ngra, “Yosh volontyorlar” jamoasi kasallikning yuqish yo’llari, bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish usullari haqida taqdimot namoyish etdilar. Shuningdek, tadbir davomida ko’ngilochar dasturlar ham taqdim etilib, o’zbek xalq laparlari kuylandi.

Iqtidorli talabalar tomonidan esa sho’x kuy-qo’shiqlar yangradi va barchani raqsga chorladi. Tadbir yakunida faol qatnashgan o’quvchilar institut tomonidan munosib taqdirlandi.

O’z navbatida Prezident maktabi maʼmuriyati Andijon davlat tibbiyot institutiga tashakkurnoma taqdim etdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!