(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oliy ta'lim muassasalarining ikkinchi va undan keyingi ta'lim olishga talabalarni qabul qilish

16:22 30.07.2019

2008-yil 13-avgustdagi 15-son bayoni bilan tasqiqlangan  «O`zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limini olish tartibi to`g`risida NIZOM» ga muvofiq amalga oshiriladi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy  ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ta’lim muassasasi rektori  nomiga ariza;
oliy  ma’lumot to‘g‘risida davlat na’munasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
№ 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.
Ikkinchi oliy ma’lumot olish uchun hujjatlar 20 avgustgacha qabul qilinadi.