alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OLIY TA’LIM MUASSASASI VA MAKTAB HAMKORLIGI AMALDA

18:38 10.02.2024

Bugun, 10-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutga biriktirilgan shahrimizdagi 3-umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan ota-onalar majlisida ishtirok etdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda so‘z olgan institut rektori ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Ta’limga doir qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdi.

Shuningdek, o‘quvchilarning dars mashg’ulotlardagi ishtiroki, odob-axloqi, kiyinish madaniyati hamda muassasadagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida ota-onalar va o‘qituvchilarning hamkorligi muhim ekanligi haqida aytib o‘tdi. O‘quvchi-yoshlarni sifatli ta’lim olishi, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichini oshirish, ularni ta’lim va kasb-hunarning turli sohalariga keng jalb qilish masalalariga batafsil to‘xtaldi.

 

Ushbu tadbir doirasida ixtirochi va hunarmand o‘quvchilarning ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazmadan joy olgan jihozlar barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida o‘zining bilimi, intiluvchanligi bilan yutuqlarga erishgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!