alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH BOʻYICHA SEMINAR OʻTKAZILDI

20:00 12.08.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Onalik va bolalikni muhofaza qilish va aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qaror va farmonlari ijrosini taʼminlash, Andijon viloyatida onalar va bolalar oʻlimining oldini olish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan Marhamat tumani Oila shifokorlari va mutaxassislariga seminar oʻtkazildi. Seminarni tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Z.Umarov ochib berdi va tumanda yuqoridagi masala boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda ularni yanada rivojlantirish boʻyicha qatnashchilarga ma’lumot berdi. Institutning Davolash (amaliyot) ishlari boʻyicha masʼuli B.Mirzakarimov viloyatdagi onalar va bolalar oʻlimi bo’yicha 6 oylik holat hamda uning tahlili xususida soʻz yuritdi. Seminarga rejalashtirilgan «Homilador ayollarga tibbiy xizmatni tashkil etish va onalar oʻlimini oldini olish» mavzusi boʻyicha Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri t.f.d O.Yakubova mavzu boradagi dunyo tajribasi haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Hozirda bolalar oʻlimiga koʻproq sabab boʻlayotgan «Bolalarda zotiljam kasalligi» mavzusi boʻyicha fakultet Oila shifokorlari malakasini oshirish kafedrasi katta oʻqituvchisi M.Rahmatova va Gospital pediatriya kafedrasi assistenti Z.Mirzayeva kasallikni ambulator va shifoxona sharoitida davolash hamda uning profilaktikasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!