2019-yil 9- yanvar kuni ADTI ilmiy kengashlar zalida tibbiy ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov ochdi.
Seminar ishida umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti S.Salohiddinov “Muammoni yechishga yo‘naltirilgan o‘qitish“ mavzusida taqdimot ma’ruza qildi.Seminarda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar ma’ruza yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yakunda qizg‘in savol-javoblar bo‘ldi.