alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘TGAN HAFTA MUVAFAQQIYATLARI VA KELGUSIDA AMALGA OSHIRILISHI LOZIM BO‘LGAN ISHLAR BELGILAB OLINDI

15:08 26.05.2021

O‘TGAN HAFTA MUVAFAQQIYATLARI VA KELGUSIDA AMALGA OSHIRILISHI LOZIM BO‘LGAN ISHLAR BELGILAB OLINDI

Ilmiy kengashlar zalida navbatdagi rektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rektori M.. Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari va uning o‘rinbosarlari, kafedra xodimlari, talabalar ishtirok etdilar.

Dastavval o‘tgan hafta davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, yo‘nalishlar bo‘yicha g‘alabaga erishgan bir qator talabalar institut tomonidan ham rag‘batlantirildi. O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov Davlat stipendiyasi g‘olibi Davolash fakultetining 6-bosqich talabasi Feruzabonu Bazarova, Ibn Sino Davlat stipendiyasi g‘olibi Stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabasi Sofiya Mamarasulova va uning ilmiy rahbarlari, “Andijon yoshlar forumi” doirasida o‘tkazilgan viloyat xokimi kubogini qo‘lga kiritgan “Shifokorlar” teatr jamoasi munosib taqdirlandi. Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sultan shahrida MDH davlatlari o‘rtasida “Eng yaxshi olim – 2021” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovida Pediatriya fakultetining 4-bosqich talabasi Abdurauf Abdurashidov tibbiyot yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, ko‘krak nishoni va diplom bilan taqdirlandi. II Butunrossiya xalqaro onlayn olimpiadasida “Ibn Sino izdoshlari” jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va jamoa rahbari diplom hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi. Toshkent davlat stomatologiya institutida bo‘lib o‘tgan Bolalar terapevtik stomatologiyasi va profilaktikasi mavzusidagi talabalar olimpiadasida “Yosh stomatologlar” jamoasi mutlaq g‘oliblikka erishdi. Yig‘ilish davomida mazkur muvafaqqiyatga erishgan talabalar hamda ularning rahbarlari va samarali mehnat qilayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar rag‘batlantirildi.

Tadbir davomida kun tartibiga qo‘yilgan bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning “Institutda yangi adabiyotlar yaratilishi”, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimining “Institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari”, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorning “Institutda o‘tkaziladigan konferensiyaga tayyorgarlik holati” mavzularida hisobotlari tinglandi. Mavzu borasida fikrlar almashildi.

Yig‘ilish yakunida institut rektori kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli xodimlarga taklif va ko‘rsatmalar berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!