alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘tkir peritonit kasalligi bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyа  o‘tkazildi

09:04 29.01.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida xirurgiya va urologiya kafedrasi assistenti F.Xamidov rahbarligida davolash fakulteti 607-guruh talabalari bilan «O‘tkir peritonitlar» mavzusida rus va ingliz tillarida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazdilar. Anjumanda talabalar o‘zlarini ustoz, boshlovchi, muxbir, foto-muxbir, tasvirchi, montajchi, jarroh, ekspert sifatida ham mahoratlarini namoyish etdilar. Iqtidorli, o‘z ustida ishlovchi, izlanuvchan talabalar konferensiya davomida o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.

Talabalar konferensiya davomida peritonit kasalligining bugungi kunda dolzarbligi, etiologiyasi, patogenezi, sinflanishi, klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostika, tashrix oldi tayyorgarlik ishlari, tashrixdan keyingi parvarishlash, operativ davolash va turli vaziyatlarda UASh taktikasi kabi vazifalarni yoritib berdilar.

Davolash fakultetining 607-guruh talabalari: Doniyor Samatov, Shohruh Toxirjonov, Jonona Abduraxmonova, Fotima Xalimjonova, Yunusali Tursunaliev, Ro‘zali Meliboev, Erkinjon Mansurov, Murod Turaev konferensiyani yuksak darajada olib borishib, mavzuni maqsad, mohiyati va muammolarini, qolaversa hozirgi kundagi UASh qanday yordam ko‘rsata bera olishini ko‘rsatib berishdi.Anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ilmiy-amaliy konferensiya davomida qiziqarli, yangi pedogogik o‘yinlar bilan boyitildi. Sermazmun tarzda yakunlangan konferensiya qiziqarli savol- javoblar bilan yakunlandi.

Faol tashkilotchi va ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!