OTM va maktab hamkorligi doirasida o’tkazilgan uchrashuv

Andijon davlat tibbiyot instituti
image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va HDJ kafedra professori Yo’ldashali Sulaymonovich Egamov Qo‘shtepa tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida uchrashuv o’tkazdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Uchrashuvda  Qo’shtepa Xalq ta’limi bo’limi mudiri O.Dehqonov, Oqtepa vrachlik punkti bosh vrachi M.Yusupova, maktab pedagog hodimlari va yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Seminar tarzida o’tgan  uchrashuvda professor Yo’ldashali Egamov so’zga chiqib barcha seminar ishtirokchilariga Andijon davlat tibbiyot instituti haqida ma’lumot berib o’tdi. Shundan so’ng o’zining hayot yo’li olib borgan ish faoliyati, O’zbekiston va xalqaro darajadagi konferensiyalar haqida so’zlab berdi va ba’zi tibbiyotga oid bilimlar hamda tajribalar, kasalliklar va uni davolash yo’llari bilan tanishtirib o’tdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Shundan so’ng o’qituvchi va o’quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob  berdi. Samimiy uchrashuv barchaga manzur bo’di.

Kozimjon Baydullaev,

ADTI pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

71