alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARIGA HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

13:34 03.06.2023

Institut iqtidorli magistr va bakalavr talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomli davlat stipendiyalarga tanlov boshlanganligini maʼlum qiladi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan iqtidorli talabalar quyidagi shartlar asosida tanlab olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga:

Nomzodlar tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan va butun o‘qish davri davomida aʼlo baholarga o‘qigan va oxirgi o‘quv yili talabalari bo‘lishlari lozim. (magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 22 ta, bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha har bir oliy taʼlim muassasasi uchun bittadan kvota belgilab berilgan.)

Nomli davlat stipendiyalari uchun:

Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “aʼlo” (ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi”) bo‘lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs (keyingi o‘rinlarda — yuqori kurs) talabalari bo‘lishi lozim.

Magistratura.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

– umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;

– yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

– kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;

– tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;

– O‘zbekiston tarixini bilish.

– Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.

Bakalavriat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:

  1. a) nomli davlat stipendiyalari uchun:

– aʼlo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;

– yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

– O‘zbekiston tarixini bilish;

– tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi taʼlim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish. Bunda, talabgorlar ushbu tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar;

  1. B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talablarga qo‘shimcha ravishda o‘qiyotgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga mos mavzuda kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (maqola, tezis yoki asarlar)ning mavjudligi talab etiladi.

Maʼlumotlar yig‘ma jildga solingan xolda arizalari bilan 22.06.2023 yil kunga qadar institut Ilmiy bo‘limiga Sh.Y.Bustanov yoki +998999052550 Telegram raqamiga yuborishingiz so‘raladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!