alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Asil Rashidov

09:25 16.09.2020

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi hamda o‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, taniqli pedagog olim, adibiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov shu yil 15-sentyabr kuni 90 yoshida vafot etdi.
Asil Rashidov 1930-yili Jizzax tumanining Sovungarlik qishlog‘ida tug‘ildi. 1954-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni jurnalist mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi.
1954-1958 yillarda “Qizil O‘zbekiston” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri bo‘lib ishladi.
1958-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasiga o‘qishga kirib, 1961-yilda uni muvaffaqiyatli tugalladi va 56 yil davomida ushbu dargohda o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, dotsenti, professori lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi. 1981-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.
Zahmatkash olim o‘z faoliyati davomida “Inson va mehnat madhi”, “So‘nmas yulduzlar”, “Asrga tengdosh maktab”, “Lesya Ukrainka”, “Chiniqish maktabi” singari ko‘plab ilmiy-ommabop asarlar yaratdi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida dunyo yuzini ko‘rgan, atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov xotirasiga bag‘ishlangan “Akam haqida” risolasi, “Ezgulikka baxshida umr”, “Chingiz Aytmatovning badiiy olami” singari asarlari minglab kitobxonlarning samimiy e’tirof va ehtiromiga sazovor bo‘ldi.
Asil Rashidov badiiy tarjima sohasida o‘ziga xos ijodiy maktab yaratgan hassos so‘z san’atkori edi. U mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Bo‘tako‘z”, “Sarvqomat dilbarim”, “Alvido, Gulsari!”, “Somon yo‘li”, “Oq kema”, “Erta kelgan turnalar”, “Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar”, “Asrni qaritgan kun” singari betakror asarlarini o‘zbek tiliga beqiyos mahorat bilan o‘girib, xalqimizning badiiy tafakkurini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shdi. Shuningdek, taniqli rus adibi Aleksandr Bekning “Volokolamsk yo‘lida” romani, qirg‘iz adibi Mirzabek Duysenovning “Imtihon” qissasi ham Asil Rashidov tarjimasida o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi.
Ulkan ilmiy-ijodiy va hayotiy tajribaga ega ustoz-murabbiy o‘zining mehnatkashligi va jonkuyarligi, yoshlarga g‘amxo‘rligi, ona yurtga cheksiz mehri va sadoqati bilan mamlakatimiz ziyolilari, madaniy jamoatchilik o‘rtasida haqli ravishda katta obro‘-e’tibor qozongan inson edi.
Asil Rashidovning oliy ta’lim tizimi va o‘zbek adabiyotini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi” faxriy unvonlari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.
Taniqli olim va ijodkor, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Asil Rashidovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va

o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!