alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRI AMRILLO INOYATOV ADTI KLINIKASI VA 2000 O‘RINLI O‘QUV BINOSINING QURILISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI

18:00 14.06.2023

2021-yil 25-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi va qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Hozirda klinikada qurilish-bunyodkorlik hamda xorijdan keltirilgan eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Manzilda qabulxona, operatsiya va muolaja xonalari ko‘zdan kechirilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi davomida 2021-yil 21-iyun “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-5154 sonli qaroriga asosan 2021-2023-yillarda klinika hududida 2000 o‘rinli o‘quv laboratoriya binosi qurilishi uchun ADTI klinikasi hududida 2  gektar yer maydonida institutning qurib bitkazilayotgan yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosidagi qurilish va pardozlash ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Unda talabalarning sifatli bilim olishlari uchun shinam oʻquv xonalari bilan bir qatorda simulyatsiya markazi, labaratoriya xonalari ham mavud boʻlib, yoshlar nazariy olgan bilimlarini bevosita amaliyotda mustahkamlab borishlari mumkin bo‘ladi. Qolaversa, yangi telemeditsina markazi ham barpo etilayotgan boʻlib, klinikada amalga oshirilayotgan operatsiya jarayonlarini talabalar bevosita kuzatish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Mazkur inshootning qurilish jarayoni bilan tanishar ekan vazir tibbiyot sohasining barcha vakillariga ustoz bo‘lgan Abu Ali ibn Sino haykalini o‘quv binosi hududining old qismiga joylashtirishni taklif qildi. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!