O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining yetakchi rahbarlari Andijon davlat tibbiyot instiutiga tashrif buyurdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbaev hamda  inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari Hotamjon Ketmonovlar Andijon davlat tibbiyot institutiga keldilar.

Dastlab mehmonlar  institut rektori M.Madazimov hamda professor-o‘qituvchilar hamrohligida simulyatsion o‘quv markazida bo‘ldilar.  Simulyatsion xonalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mulyajlar, trenajyor, fantomlar va boshqa zamonaviy tibbiy jihozlarni ko‘zdan kechirdilar.

So‘ngra ular institut Axborot-resurs markazida bo‘ldilar. Markazdagi o‘quv-elektron xonalar va foydalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, darsliklar  va badiiy adabiyotlar fondi bilan tanishib, ARM xodimlari bilan suhbatlashdilar.

Shuningdek, ular institut klinikasiga ham tashrif buyurdilar. Klinika bosh shifokori B.Rahmonov bilan birgalikda xirurgiya bo‘limi, funksional diagnostika bo‘limi, endoskopik xirurgiya markazlarida bo‘ldilar.

Bu yerdagi laporoskopik simulyatsion xona, multispiral kompyuterli tomograf, magnit rezonansli tomografiya, exokardiogramma  va laboratoriya xonalaridagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar faoliyati bilan tanishdilar hamda o‘zlarining fikrlarini bildirdilar.

 

734