alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA XIZMAT QILAMAN!” Davolash fakultetining talabalari qasamyod qabul qildilar

11:10 21.06.2021

“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA XIZMAT QILAMAN!”

Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining 4-bosqich harbiy kafedrasida taxsil olayotgan kursantlarining “Vatanga qasamyod” tadbiri bo’lib o’tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari prorektori, dotsent B. Abdullajonov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor M. Botirov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A. Abduhalimov O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari hamda Andijon shahridagi harbiy qism xizmatchilari ishtirok etdi. Ushbu tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda, barcha Nizomlarga rioya qilingan holda tashkillashtirildi.

Tantanali marosimda ona Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tashga bel bog‘lagan 58 nafar talaba “Vatanga qasamyod” qabul qilishga kirishdilar.

Shundan so‘ng saf maydonini jarangdor so‘zlar tutib ketdi:

«…O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli bo‘lmish muqaddas bayroqni o‘pib…»

«O‘zbekiston  Respublikasiga,  xalqimga  va Prezidentimga bir umr sodiq bo‘lishga…»

«…Quruqlikda, suvda, havoda – har qanday sharoitda ham o‘z burchimni vijdonan bajarishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning yuksak  ishonchini  oqlashga  tantanali ravishda qasamyod qilaman!»

Talabalar harbiy tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida o‘zlarining ustoz-murabbiylari va do’stlari hamda ota – onalarining oldida Vataniga, xalqiga va Prezidentiga sodiq bo‘lishga ont ichdilar.

Shuningdek, tadbir davomida ADTI raqs jamoasining “Andijon polkasi” raqsi namoyish etildi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning jangovor chiqishlari,  Vatanimiz  mustaqilligining 30 yilligiga  bag‘ishlangan  «Chegarada»  nomli sahna ko‘rinishi barchaga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Ustozlar va ota-onalarning hayajoni, shodlik ko‘z yoshlari… Gullar va tabriklar… Tadbir yakuni mana shunday unutilmas taassurotlarga boy o‘tdi.

Kafedrada taxsil olayotgan bu talabalar kelajakda yetuk shifokor bo‘lib, Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar va askarlarning salomatliklarini mustahkamlab, xizmat burchlarini sitqidildan ado etishlariga ishonamiz.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!