alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang`ich tashkiloti faol talabalarining bir guruhi bilan ochiq muloqot

15:31 07.03.2019

2019- yil   7- mart kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov bilan faol talabalarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Тadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari O‘.Shukurov institut faol talabalari bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. Ularning  bugungi kundagi qiziqishlari, ularni o‘ylantirayotgan masalalar, reja va takliflari bilan tanishdi.

O‘z o‘rnida  institut  uchrashuv qatnashchilari hozirgi kunda olib borayotgan faoliyatlari haqida  o‘zlarining  takliflarini berdilar va  fikr-mulohazalarini  bildirdilar.

Tadbir yakunida ular kelgusida yana shunday uchrashuvlarni  tashkil etishga  kelishib oldilar.
Shuningdek, ochiq muloqotda institut rektori M.Madazimov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov va institut yoshlar ittifoqining faollari  qatnashdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!