Andijon davlat tibbiyot institutida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ijara shartnomasi uchun tavsiyanoma olgan talabalarga yig‘ilish tashkil qilindi.
Unda ushbu talabalar guruh yetakchilari etib tayinlandi. Yig’ilish davomida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang’ich tashkiloti yetakchisi H. Qo’chqarov hamda Davolash fakulteti dekani o’rinbosari M.O’lmasov ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lish, ichki tartib qoidalarga rioya qilish va uni targ‘ib qilish yuzasidan talabalarga tushunchalar berdilar.