alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“PEARL OF VALLEY” XALQARO YOZGI O‘QUV MAKTABI TAASSUROTLARGA BOY TARZDA O‘TDI

23:10 05.08.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining talabalari ishtirokidagi “Pearl of valley” (Vodiy gavhari) yozgi o‘quv maktabining 2023-yilgi mashg‘ulotlari yakunlandi.

Besh kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotlarida Koreya, Belarus, Qirg‘iziston davlatlaridan kelgan hamda o‘zbekistonlik talabalar 4 ta guruhga bo‘lingan holda faol ishtirok etdilar. Guruhlar uchun turli favqulodda vaziyatlar sahnalashtirilib, ularga ushbu jarayonlarda o‘zini yo‘qotmay, tezkorlik bilan jarohatlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, talabalar ishtirokida «Milliy taomlar kuni» ham o’tkazildi. Bunda yozgi maktab qatnashchilari o’ziga hos milliy taomlarni mahorat bilan tayyorladilar va bir dasturxon atrofida jam bo’ldilar.

Yakuniy kunda  zilzila oqibatida jarohatlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish holati sahnalashtirilib 4 ta jamoa tomonidan ularga yordam ko‘rsatildi va yakunda talabalarning yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari aytib o‘tilib, amaliy jarayonda ko‘rsatildi. Maktab trenerlari tomonidan talabalarning faolligi va to‘g‘ri tez tibbiy yordam ko‘rsatganligi baholab borildi.

Bugun, 5-avgust kuni yozgi o‘quv maktabining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, Koreya milliy transport universiteti Parameditsina fakulteti dekani Dong Min Shin ishtirok etdi.

Tadbir yakunida yozgi maktabda o‘zining tirishqoqligi, chaqqonligi bilan faol bo‘lgan talabalarga diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tashkilotchilar mehmonlar bilan birgalikda kelgusidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashib, rejalar tuzdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!