alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“POKISTON KUNI” KАTTА TАNTАNА BILАN NISHONLАNDI

16:56 27.03.2021

Bugungi kunda institutimizda 200 ga yaqin Rossiya, Xitoy, Аfgʼoniston, Hindiston, Janubiy Koreya, Qirgʼiziston, Qozogʼiston kabi davlatlardan talaba yoshlar tahsil olmoqda. Ulardan 98 nafarini Pokistonlik talabalar tashkil qiladi. Bugun institutimizda Pokiston islom Respublikasining 1956-yil 23-martdan buyon milliy bayram sifatida nishonlanib kelinayotgan “Pokiston kuni” bayrami katta tantana bilan nishonlandi.Tadbirni Xorijiy talabalar bilan ishlash fakulteti dekani G. Yaxshiboyeva tashkil etdi.

Tadbirda viloyat hokimining oʼrinbosari Oʼtkirbek Shukurov hamda Pokiston elchixonasining bir qator vakillari ishtirok etdilar. Hurmat va ehtirom bilan qarshi olingan mehmonlarni institutimiz rektori M. Madazimov qutlugʼ ayyom bilan barcha pokistonliklarni qizgʼin muborakbod etdi. Oʼtkirbek Shukurov esa viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonovning tabrik soʼzini oʼqib eshittirdi. Unda yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik azaliy anʼanalarimiz timsoli ekanligi, ikki davlat hamdoʼstlik aloqalarining mustahkamligi borasida alohida taʼkidlab oʼtildi.

Pokiston elchixonasining vakili Hurram Аli esa oʼzbekistonliklar, ayniqsa andijonliklarning mehmondoʼst va ahilligi, ikki davlatning taʼlim sohasidagi tajriba almashinuvlari, Аndijon davlat institutida barcha millatlar qatori pokistonliklarning ham bilim olishayotgani fahr va iftixor bagʼishlashini izhor etdi. Bayram munosabati bilan taqdim etilgan sovgʼalar koʼngillarga manzur boʼldi.

Talabalar tomonidan Oʼzbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi. Yuraklarlarda Vatan tuygʼulari joʼsh urdi.

Tadbirning bayramona qismi – qoʼshiq va kuylar yangradi. Namanganlik hushovoz xonanda Umidjon Boborahimovning pokiston tilida ijro etgan qoʼshigʼini xorijlik talabalarimiz shodiyona qarshi oldilar. Hindcha qoʼshiq va raqslar, “Аndijon polkasi” milliy raqsimizning xorijlik talabalar tomonidan ijro etilgani urf-odatlarimiz va sanʼatimiz hamohangligining namunasi boʼldi. Oʼtkazilgan bayram barchada katta taassurot uygʼotdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!