alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING MUROJAATNOMASI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

13:58 21.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo’llagan Murojaatnomasi yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, psixolog O’.Arziqulov, fakultetlar dekan o’rinbosarlari hamda Davolash fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Dastlab Murojaatnoma katta ekranda namoyish etildi va so’z olganlar Davlatimiz rahbari to’xtalib o’tgan har bir mavzu yuzasidan talabalarga tushunchalar berdi. Unda alohida urg’u berilgan yoshlar, ularni ilm olib, izlanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil to’xtaldilar. Shu o’rinda talabalar ham Murojaatnomaga o’z munosabatlarini bildirib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yetuk mutaxassislar bo’lib yetishishga intilishlarini aytib o’tdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!