alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OLIY MAJLISGA VA O’ZBEKISTON XALQIGA YO’LLAGAN MUROJAATNOMASI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI TASHKIL QILINDI

19:14 20.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo’llagan Murojaatnomasi yuzasidan davra suhbati o’tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, psixolog O’.Arziqulov, fakultetlar dekan o’rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida yig’ilganlarga Murojaatnoma namoyish etildi. Shundan so’ng,  so’z olganlar Davlatimiz rahbarining yo’llagan Murojaatnomasidagi o’tib borayotgan yil sarhisobi va yangi yilda qilinadigan ishlar rejasi, ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar. Qolaversa, mazkur Murojaatnomaga talabalarimiz mustahkam ilm egallab, o’zlarining aqliy salohiyatini yuksaltirib, ulkan marralarni zabt etish orqali munosib javob berishlari mumkinligini ta’kidladilar.

Shuningdek, 2023-yil “Insonga eʼtibor, sifatli taʼlim yili” deb e’lon qilinishi, bu mamlakatimiz aholisi va ta’lim sohasiga yanada kuchli e’tibor ekanligini aytib o’tdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!