alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Profilaktik tibbiyot” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi

16:27 27.11.2021

“Profilaktik tibbiyot” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan va  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida “Profilaktik tibbiyot” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.

Imtihon komissiyasiga professor M.M.Madazimov raislik qildi. Imtihon hay’at a’zolari rais o‘rinbosari professor G.Xodjimatov, professorlar N.Mamasoliyev, X.Tursunov, dotsentlar N.Uzbekova ва Sh.Yusupovalardan imtihon jarayonlarini kuzatib bordilar.

Imtihon shartlariga ko‘ra savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon bilatlarini tanlab olishdi.

Imtihonda 4 nafar  falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajarayotgan talabgorlar  sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!