alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“PROFILAKTIK TIBBIYOT” MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA MALAKAVIY IMTIHON O‘TKAZILDI

09:21 24.09.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida “Profilaktik tibbiyot” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.

Imtihon komissiyasiga professor N.S.Mamasoliyev raislik qildi. Imtihon hay’at a’zolari, professorlar Z.S.Salaxiddinov, O.S.Salaxiddinov, X.X.Tursunov, N.R.Uzbekova va dotsent Sh.K.Yusupovalardan iborat bo‘ldi.

Imtihon shartlariga ko‘ra, savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon bilatlarini tanlab olishdi.

Imtihonda 10 nafar falsafa doktorlik dissertatsiyalarini bajariyotgan talabgorlar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!