alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR BILAN HAMKORLIKKA DOIMO TAYYOR”,-DEYDI MUTAXASSIS

18:35 04.02.2022

Kelayotgan yangi haftadan barcha talabalar an’anaviy shaklda o‘qishni davom ettiradilar. Ularning institut binosida karantin va odob-ahloq qoidalariga amal qilib yurishlari borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishi yanada takomillashtiriladi.

Ilmiy kengashlar zalida talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Andijon shahridagi IIO FMB 3-sonli IIB profilaktika inspektori, mayor M.Qodirov, Profilaktika inspektori, leytenant D.Komilov hamda institutimizning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov olib bordi va rahbar, ustoz va talabalar o‘rtasidagi munosabatlar, yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish borasida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng mutaxassislar Davlatimiz rahbarining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda muhim omil bo‘lganini, professor-o‘qituvchilarga bu borada profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borishlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, talabalar bilan suhbatlashish mobaynida salbiy illarlardan yiroq bo;ish, korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik, firibgarlar ta’siriga tushib qolmaslik borasida ham tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Davra suhbati davomida ko‘tarilgan mavzu yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!