alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Qadring baland boʼlsin, ona tilim” respublika tanlovi eʼlon qilindi

18:40 15.06.2021

“Qadring baland boʼlsin, ona tilim” respublika tanlovi eʼlon qilindi

Davlat tiliga eʼtiborlimisiz? Har bir ishda davlat tili talablariga rioya etasizmi? Ehtimol, siz oʼzbek tilini kompyuter tiliga aylantirish haqida oʼylayotgandirsiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!

Oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targʼib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlab, “Qadring baland boʼlsin, ona tilim” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov tashkilotchilari – Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Tanlov uchta yoʼnalishda oʼtkaziladi.

Birinchi – “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yoʼnalishida mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.

Ikkinchi yoʼnalish gʼoliblari – “Davlat tilida ish yuritish yoʼlga qoʼyilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xoʼjalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.

Uchinchi – “Oʼzbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” yoʼnalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va oʼrta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

Tanlov joriy yilning 10 iyunidan 10 sentyabriga qadar boʼlgan muddat oraligʼida oʼtkaziladi va gʼoliblar 21 oktabr – Oʼzbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

Tanlov gʼoliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Darvoqe, ularning davlat tilini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari respublikamiz miqyosida ommalashtiriladi.

Tanlov haqidagi batafsil maʼlumot bilan www.til.gov.uz saytida tanishasiz.

Tilimizning taqdiriga befarq boʼlmang va “Qadring baland boʼlsin, ona tilim” respublika tanlovini ijtimoiy tarmoqlarda #qadribalandonatilim kalitsoʼzi bilan ommalashtiring.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!