alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QIYMATI 87 000 YEVRO BO’LGAN APPARATLAR TAQDIMOTI

15:06 09.04.2021

“Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da belgilab berilgan vazifalar doirasida viloyatimizdagi sog‘liqni saqlash tizimida ham bir talay ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun ADTI klinikasida Germaniya va O‘zbekiston Hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv doirasida Germaniyaning “GITEC” kompaniyasi tomonidan ADTI klinikasining anesteziologiya va reanimatologiya bo‘limiga beg‘araz yordam tariqasida taqdim etilgan, umumiy qiymati 87 000 yevro bo‘lgan eng zamonaviy “IVL” va “SRAR” apparatlarining taqdimoti va ushbu apparatlardan foydalanish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu apparatlarning taqdimoti “Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiy markazlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Taqdimotni Germaniyaning GITEC kompaniyasi rahbari Nigoraxon Muratova ochib, Germaniya va O‘zbekiston Hukumatlari o‘rtasidagi ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorlik haqida batafsil so‘z yuritdi. Tadbirda ADTI klinikasi bosh shifokori Bahodirjon Raxmonov ham so‘z olib, hozirgi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Tadbirda ADTI klinikasi anesteziologiya va reanimatologiya bo‘limi mudiri Abdumalik Hamidov va bir guruh soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir davomida malakali mutaxassislar tomonidan ushbu apparatlardan unumli va oqilona foydalanish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilib, unda shifokorlar uchun muhim bo‘lgan barcha maslahatlar, yo‘riqnomalar va tavsiyalar berildi. Bo‘lim shifokorlari tadbir davomida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha, to‘liq va batafsil javoblar oldilar.

Ishonamizki, Germaniya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch asosida qurilgan bunday do‘stlik va hamkorlik kelgusida bundan-da yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilib, yanada ravnaq topgusidir!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!