(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati”

15:00 05.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot insitutida “Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori v.v.b. A.Abduxalimov bayram kechasini ochib berar ekan, jamiyatdagi har bir sohaning qonuniy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekanligining e’tirof etib o‘tdi. Stomatologiya fakultetining 1-kurs talabalari ishtirok etgan tadbirda ijitimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Nurmatova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi, bob, bo‘lim, moddalari haqida ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i v.v.b O‘.Arziqulov, pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Baydullayev va stomatologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Musayevlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasini chuqur bilishimiz, huquqiy bilimlarimizni doimio boyitib borishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.

“Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusi ostida o‘tgan tadbir ishtirokchilarning huquqiy bilimlarini boyitishda ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati