alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“QURILISH OTRYADLARI” TALABALARNING QO’SHIMCHA DAROMAD TOPISHLARIGA IMKON BERMOQDA

14:25 17.08.2022

2022-yil 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 19-bayoni ijrosi bo‘yicha hamda  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nazorat rejasining 2.2. bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2022-yil 28-may kungi № 158 – T-sonli institutda  “Qurilish otryadlari” ning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha daromadga muhtoj talabalarni aniqlash hamda “Qurilish otryadlari”da ishlash istagini bildirgan 20 nafar talabalarning ro‘yxati shakllantirildi va ular bilan mehnat shartnomalari tuzilib,  2 otryadga bo‘lingan holda ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Talabalarning ish faoliyati davomida institut rahbariyati tomonidan ularga shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2022-yil 1-avgust kungi № 420 — Sh sonli institutda tashkil etilgan   “Qurilish otryadlari” da  faoliyat olib borayotgan talabalarga yotoqxona, kiyim-kechak va ish haqqi to‘lash to‘g‘risida”gi  bo‘yrug‘i ishlab chiqildi. Mazkur buyruq ijrosi yuzasidan talabalar ishlash davomida yotoqxonalar bilan ta’minlandi. Shuningdek, ularga institut budjetidan tashqari mablag‘lar hisobidan maxsus kiyim-kechaklar  berildi. Oylik maoshlari ham ishchi-talabalarga o‘z vaqtida  institut tomonidan to‘lab berilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!