alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“RAHBARIYAT” HAMDA “STOMATOLOG”: GʻALABA KIMGA NASIB ETDI?

22:22 15.06.2022

Avval xabar berganimizdek, “Yoshlar oyligi” doirasida Stomatologiya fakulteti tomonidan mini futbol sport turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Dastavval uchrashuvni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ochib berdi va barcha sportsevar talabalarimizga omad tiladi.

Madaniy hordiq oʻyinchilarimizga oʻzgacha gʻayrat bagʻishladi. Institutga biriktirilgan mahallalarrning uyushmagan yoshlari kikboks boʻyicha mashgʻulotlar namoyish etdilar. Betakror “Andijon polkasi” hamda “Yosh gitaristlar” jamoasining shoʻx qoʻshiqlari barchani raqsga chorladi.

Yuqori kayfiyatda oʻyin ham boshlandi. Fakultetlarning xodimlari va professor-oʻqituvchilardan iborat “Rahbariyat” jamoasi hamda talabalardan iborat “Stomatolog” jamoasi maydonda qizgʻin kurash olib bordilar.

Dars jarayonlarida albatta talabalariga koʻmaklashishga odatlangan ustozlar oʻyinda ham biroz yon bosdilar. 3:2 hisobida yuqorilayotgan yoshlarga yengilishni istamadilar chogʻi natijani ancha mustahkamlab oldilar. Biroq talabalar ham boʻsh kelmadilar. Har ikki jamoa chiroyli gollarni koʻrsata olish mahoratini uddalashdi. Yakuniy natija esa, koʻngildagidek: hisob 5:5. Doʻstlik gʻalaba qozondi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!