«RAKUS» tashkiloti bosh direktorining Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019 – yil 30 – aprel kuni  Rossiyaning «RAKUS» tashkiloti bosh direktori  Avbakar Xatipovich Nutsalov  Andijon  davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Qadrli mehmonni institut rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchi va talabalar samimiy kutib oldilar.

A.Nutsalov dastlab institut ilmiy kengashlar zali, axborot texnologiyalar, simulyatsion o‘quv markazlarida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va simulyatsion xonalardagi amaliyot jarayonlarini kuzatdi.

A.Nutsalovning tashrifdan ko‘zlagan maqsadi “Andijonda O‘zbekistondagi Rossiya universitetini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganish hamda Andijon viloyatidagi investitsion soha imkoniyatlarni o’rganish.

Ana shu munosabat bilan xalqaro hamkorlik bo‘limida institut rahbariyati bilan A.Nutsalov o‘rtasida qizg‘in, do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida institut rektori institut to‘g‘risida  jumladan, bugungi kunda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot  ishlari, ta’lim jarayoni, yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov institut bilan Rossiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot markazlari bilan o‘rnatilgan xalqaro hamkorlik ishlari, xususan, masofaviy ta’lim, teleko‘priklar, professor-o‘qituvchilar, talabalar mobilligi, mutaxassislar malakasini oshirish, davolash ishlari va boshqalar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida A.Nutsalov ham o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi. Ikki tomon vakillari kelgusida  amalga oshiriladigan rejalar, yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

So‘ngra “RAKUS” tashkiloti rahbari institutning Farmakologiya va klinik farmakologiya, anatomiya, operativ jarrohlik  va topografik anatomiya kafedralarida bo‘lib, o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, A.Nutsalov ADTI klinikasiga tashrif buyurib, Funksional diagnostika bo‘limidagi multispiral kompyuter, magnit rezonansli tomografiya, exokardiogramma   xonalarida bo‘ldi. Xirurgiya bo‘limidagi kafedralar o‘quv xonalarining sharoitlari bilan tanishdi.

184