alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

15:20 10.10.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Patologik fiziologiya kafedrasi mudirining ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan audioxabari yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot instituti Patologik fiziologiya kafedrasi mudirining talabalarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgani haqidagi audioxabar eʼlon qilindi.

Oliy hamshiralik ishi yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar ayrim kerakli hujjatlarni vaqtida topshirmaganliklari sababli kafedra mudiri tomonidan ogohlantirilgan. Qolaversa, bu voqea bundan bir yil oldin yuz bergan, chunki audioxabarda tilga olingan talabalar Andijon davlat tibbiyot institutini bitirganliklari tufayli  2021-yil 4-iyun Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 251-sh- sonli buyrugʻi bilan talabalar safidan chiqarilgan.

Mazkur ish institut rahbariyati tomonidan qayta koʻrib chiqilib, Sharif Hamroqulov bilan suhbat oʻtkazildi, tushuntirish ishlari olib borildi.  uahbu holat qayta takrorlangan taqdirda, intizomiy chora koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!