alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMLAR KO‘RGAZMASIGA MARHAMAT

15:52 11.05.2023

Qadrli san’at ixlosmandlari, sizlar uchun ajoyib yangiligimiz bor.

Andijon davlat tibbiyot instituti 2-o‘quv binosining 2-3-qavatlarida mashhur rassom Jo‘ra Asranning rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Siz ushbu ko‘rgazmadan har kuni soat 8:00 dan 16:00 gacha bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Ko‘rgazma joriy yilning 12-may kunidan 19-may sanasiga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, Taniqli rassom, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Jo‘ra Asran 1985-yildan buyon respublika hamda xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z asarlari bilan qatnashib keladi. 1989-yildan boshlab esa, u respublikamiz va Amerika, Germaniya, Misr kabi davlatlarda  shaxsiy ko‘rgazmalarini namoyish etib kelmoqda. Hozirga qadar ijodkor ko‘plab milliy va xalqaro mukofotlar sovrindori bo‘lgan. 2005-yilda rassom ijodiga bag‘ishlangan telefilm suratga olingan.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!