alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“REKTOR KUBOGI” UCHUN SARALASH BOSQICHLARIGA START BERILDI

14:31 05.10.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan tarkib topgan jamoalar  o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini bo’yicha “Rektor kubogi” uchun saralash  bosqichlari boshlandi. Turnirning birinchi bosqich 1-o’yini institutning asosiy o’quv binosida bo’lib o’tdi.

Turnir avvalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang’ich tashkiloti yetakchisi H.Qo’chqarov hamda institutning “Zakovat” intellektual klubi koordinatori Sh.Abduraxmonovlar so’zga chiqib, barcha bilimdonlarni yangi boshlangan turnir bilan qizg’in qutladilar va barcha jamoalarga omad tiladilar.

Dastlabki o’yinda jami 28 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalarga turli sohalarga oid 16 ta mantiqiy va faktlarga asoslangan savollar berildi. Jamoalarning bergan javoblari maxsus hisob hay’ati tomonidan shaffof tarzda tekshirib borildi. Yakunda “Dominant-1” jamoasi tur g’olibligini qo’lga kiritdi. “Rektor kubogi” turniri davom etadi. Bizni kuzatishda davom eting!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!