alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“REKTOR KUBOGI” UCHUN TASHKIL QILINGAN SPORT MUSOBAQALARINING OCHILISH MAROSIMI O‘TKAZILDI

17:50 28.03.2024

Avval xabar berganimizdek, bugun, 28-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Rektor kubogi” uchun sport musobaqalariga start berildi. Musobaqalarning ochilish marosimida institut rektori M.Madazimov ishtirok etib, barcha sportsevar talaba-yoshlarga musobaqa davomida omad hamda zafarlar tilagan holda musobaqani ochib berdi.

Musobaqalar avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan so‘ng, mini futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, basketbol, valeybol, yengil atletika sport turlari bo‘yicha musobaqalar boshlab yuborildi.

Unda talabalar o‘zlarining epchilligi, chaqqonligi, donoligi va diqqatliligi bilan faol ishtirok etmoqda. Musobaqa jarayonlari hakamlar tomonidan kuzatib, to’plangan ballar hisoblab borilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!