alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR MAKTAB O‘QUVCHILARI BILAN UCHRASHDI

15:45 02.04.2024

Andijon davlat tibbiyot institutida “OTM+maktab” hamkorligi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun, 2-aprel kuni Marhamat tumanidagi Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabining  bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil qilindi.

Tadbir avvalida institut rektori M.Madazimov o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.  Dastlab,  institutning tashkil topishi, fakultetlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, rektor o‘quvchilarga kelajakda o‘z kasblarini tanlashda e’tiborli bo‘lish muhimligi, tanlovga qadar kasb egalarining faoliyati bilan yaqindan tanishish, tasavvurga ega bo‘lish foydali ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, mas’ullar tomonidan o‘quvchilarga institutning Axborot resurs markazidan o‘rin olgan ilmiy, badiiy, tibbiyot sohasida oid adabiyotlar, elektron kutubxona tizimi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Simulyatsiya markazidan joy olgan zamonaviy tibbiy jixozlar talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlashda qanchalik muhim ekanligi haqida aytib o‘tildi va amaliyotda namoyish etildi.  Institutda tashkil etilgan Anatomiya muzeyida ham o‘quvchilar o‘zlari uchun qiziqarli va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Institutning yangi qurib bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosiga bo‘lgan ekskursiya ham o‘quvchilarga manzur keldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!