alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR PEDIATRIYA FAKULTETI 5-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHDI

15:50 22.04.2024

Bugun, 22-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Pediatriya fakulteti 5-bosqich talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda rektor talabalarga tanlagan sohalarining qanchalik mas’uliyatli ekanligi, shifokorlar doimo o‘qish va izlanishda bo‘lib o‘z ustida tinimsiz ishlashi muhimligi haqida aytib o‘tdi. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashlari uchun institutda barcha sharoitlar yaratilganligi, ular  simulyatorlardan foydalangan holda o‘zlarining bilimlarini tibbiy mulyajlarda qo‘llab, tajriba orttirishlari orqali amaliy jarayonlarni qiyinchiliksiz bajarishlariga zamin yaratishi haqida so‘z yuritdi.

Shu bilan birga institutning yangi qurib bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi va institut klinikasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning zamonaviy ta’lim va tibbiyot texnologiyalari bilan jihozlanayotganligi ham talabalar uchun katta tajriba maydoni bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, axborot texnologiyalarini o‘rganish, xorijiy tillarni bilish muhimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Qolaversa, har bir inson oʻzining maʼnaviy–maʼrifiy saviyasini oshirishi, oʻzida turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, ekstremizm, terrorizm, radikalizm, “Ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishi muhimligi qayd etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!