alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“REKTOR STIPENDIYASI” UCHUN XUJJATLARNI QABUL QILISH BOSHLANDI

18:02 08.06.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti iqtidorli talabalari uchun  “Rektor stipendiyasi” tanlovi e’lon qilinadi.

Institutning barcha fanlarini chuqur o‘zlashtirgan, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti faoliyatida qatnashib kelayotgan, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlar, tanlov hamda fan olimpiadalari sertifikatlariga ega bo‘lgan, sport va ma’naviy tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan, International English Language Testing System (IELTS academic), Test of English as a Foreign Language (TOEFL), Goethe-Zertifikat, TestDaf, Diplôme d’Etudes en Language Française (DELF) til sertifikatlariga ega bo‘lgan, Start-up loyihalari g’olibliklarini qo’lga kiritgan iqtidorli talabalar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishchi guruhga quyidagi xujjatlar taqdim etish so‘raladi:

–  Ilmiy ishlardagi yutuqlari (ilmiy kotib tasdig‘idan o‘tgan chop etilgan maqolalar, tezislar, sertifikat, diplomlardan nusxa)

–  Reyting daftarchasi nusxasi (dekanat tomonidan tasdiqlangan holda);

–  Dekanat tavsiyanomasi;

–  Kafedra to’garak rahbari tavsiyanomasi;

–  O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti rahbari tavsiyanomasi;

–  Erishgan yutuqlari ro‘yxati (tasdiqlovchi asl hujjatlari);

–  Start-up loyihalari g’olibligi;

–  Xorijiy til bilish sertifikati.

“Rektor stipendiyasi” tanlovida 3- va 4-bosqichni tamomlagan bakalavriyat talabalari ishtirok etishlari mumkun.

Xujjatlar 2022-yil 16-iyunga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami:  +99899-905-25-50 (Sh.Ya.Bustanov)

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!