Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR TABRIGI

08:16 09.09.2024

Aziz, talabalar!

Andijon davlat tibbiyot instituti ostonasiga katta umid va ishonch bilan qadam tashlagan qadrli yoshlar!

Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarni hayotingizning ushbu muhim kuni bilan qutlayman va ishonamanki, bu kelajakda ulkan muvaffaqiyatlaringiz debochasi bo‘ladi.

Boisi, bugun maktab, kollej, texnikumlarda ustozlaringizdan olgan bilimlarni mustahkam o‘zlashtirib, oliy ta’lim muassasasiga kirish orzuyingiz ro‘yobga chiqdi. Bundan keyin esa bemorlarni dardiga darmon bo’luvchi – shifokorlik kasbini egallashingizda professor-o‘qituvchilarimiz sizga ustozlik qiladi.

Institutimizda dars jarayonlari jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos tarzda zamonaviy ta’lim va tibbiyot jihozlaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Qadrli talabalar, siz chin ma’noda hayotingizning «oltin davr»ni bosib o’tishga shaysiz. Bu yo‘lda aslo o‘z ustingizda ishlashdan, izlanishdan, ilm olishdan to’xtamang. Berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, ota-onangiz va biz ustozlaringiz ishonchini oqlang! Men esa bu yo‘lda sizni hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

Yangi o‘quv yilida Sizlarga ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman!
Institutimizga xush kelibsiz aziz talabalar!

Hurmat bilan,

M.M.Madazimov

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori.

Skip to content Click to listen highlighted text!