alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI

11:14 04.08.2021

REKTOR TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI

Shu aziz O‘zbekistonda yashagan har bir yoshning iqboli porloq. Qay bir soha bo‘lmasin ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bundan ruhlangan yoshlarimiz ham o‘z iste’dodlarini ko‘rsata olmoqdalar. Andijon davlat tibbiyot institutida ham iqtidorli va salohiyatli talabalar ko‘p. Xatto ular orasida Davlat mukofoti, nomdor stipendiya sohiblari ham bor.

Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida rektor va talabalar ochiq muloqoti o‘tkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov hamda prorektorlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida yurtimizda so‘nggi 4 yil mobaynida yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, ta’lim va tibbiyot sohasida bir qator samarali ishlar olib borilayotgani, Prezidentimiz raisligida o‘tkazilayotgan videoselektorlarda yoshlarning kelajagi bosh ustuvor vazifa etib belgilanayotganligi borasida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, ochiq muloqotda ishtirok etayotgan talabalar yozgi ta’tilni qanday o‘tayotgani, amaliyot jarayonlarida ortirgan tajribalari, xatto o‘qigan eng so‘nggi adabiyotlari borasida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!