alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA PEDIATRIYA FAKULTETI TALABALARI UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

16:42 17.04.2024

Bugun, 17-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda rektor shifokorlik kasbi, uning sharafli va mashaqqatli ekanligi, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun tinimsiz izlanish, o‘qib o‘rganish muhimligini aytib o‘tdi.  Bo‘lajak shifokorlar uchun simulyatorlardan foydalangan holda o‘zlarining nazariy olgan bilimlarini amalda qo‘llash foydali bo‘lishini ta’kidladi.

Shu bilan birga institutning yangi qurib bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi va institut klinikasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning zamonaviy ta’lim va tibbiyot texnologiyalari bilan jihozlanayotganligi ham talabalar uchun katta tajriba maydoni bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, axborot texnologiyalarini o‘rganish, xorijiy tillarni bilish muhimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Qolaversa, har bir inson oʻzining maʼnaviy–maʼrifiy saviyasini oshirishi, oʻzida turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, ekstremizm, terrorizm, radikalizm, “Ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishi muhimligi qayd etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!