alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI

19:18 13.10.2021

Ikkita maʼruza zallarida oʻtkazilgan uchrashuvda institut rektori M.M.Madazimov 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Muloqot avvalida institut rektori tibbiyot oliygohida kiyinish madaniyati, tibbiy niqob taqib yurish kerakligi, shuningdek, salomlashish odobi borasida alohida taʼkidlab oʻtdi.

2021-yil 24-oktabrda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi, saylov prinsplari, saylovchi madaniyati borasida keng tushuntirib, saylovda faol ishtirok etishga chorladi.

Xususan, talabalar darslarni mukammal oʻzlashtirishlari uchun shaxsiy kopyuter texnologiyalari, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlangan boʻlishi, shuningdek, bu borada darsdan soʻng talabalar inkubatsiya va akseliratsiya va axborot-resurs markazida qoʻshimcha mashgʻulot bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlar yetarli ekanligini bildirdi.

Tadbir davomida institut rektori https://t.me/ADTI_rektori_bot/ orqali har qanday masalada talabalar murojaatini tinglashi va shaxsan oʻzi nazoratga olishi borasida ham taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuv soʻnggida talabalar institut rektoridan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi, talabalar turar joyi borasidagi savollariga batafsil javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!