alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

08:39 25.12.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov qishki ta’tilni betalofat o’tkazish masalalari yuzasidan Xalqaro fakultet talabalari bilan uchrashdi. Unda qishki ta’til paytida Talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlarda yashovchi xorijlik talabalarga odob-axloq va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, boshqa shaharlarga chiqmaslik, to’planib turli tadbirlar tashkil qilmaslik masalalarida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ta’til paytida o’z vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish hamda kutubxonada xorijiy tildagi ilmiy hamda badiiy kitoblarni mutolaasi bilan band bo’lishlari o’zlari uchun foydali bo’lishini  ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida institut rektori talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob va ayrim muammolar hal qilish hamda qishki ta’tilda havfsizlikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!