alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

14:41 01.04.2024

Bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davolash fakulteti 5-bosqich talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida rektor tomonidan talabalarga axborot texnologiyalarini mukammal o‘rganish va ulardan unumli foydalanish o‘z bilimlarini boyitib borishda muhim ekanligini ta’kidladi. Yon daftaridan foydalanish, unga muhim ma’lumotlarni doimiy yozib borish talabalarning kelgusi faoliyatlarida asqotishini aytib o‘tdi.

Darslarga o‘z vaqtida qatnashish, fanlarni yaxshi o‘zlashtirish, kunlik reja tuzib unga rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berdi. Xorijiy tillarni o‘rganish, xalqaro miqyosda bilimlarini mustahkamlash, malaka oshirish imkonini yaratishi, bu esa sohada yana-da ko‘p bilimlarni o‘zlashtirish uchun foydali ekanligi haqida aytib o‘tildi.


Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining 88-sonli buyrug‘i bilan tanishtirildi. Odob-axloq, kiyinish madaniyatiga rioya qilish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!