alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR XORIJLIK MUTAXASSISLAR BILAN HAMKORLIK MASALALARIDA SUHBATLASHDI

14:08 29.04.2024

Ayni kunlarda, Andijon davlat tibbiyot institutida “Stomatologiyaning dolzarb muammolari. Nazariyadan amaliyotga” mavzusida stomatologiya va yuz-jagʻ jarrohligi boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Unda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Bugun, 29-aprel kuni institut rektori M.Madazimov mazkur anjuman doirasida institutda bo‘lib turgan Qozon davlat tibbiyot universiteti professori, Jarrohlik stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi mudiri Ksembayev Said Salmenovich va ushbu kafedra dosenti Salaxov Albert Kiramovich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, oʻqituvchilarning malaka oshirishi, talabalar almashinuvi, qoʻshma taʼlim loyihalari boʻyicha ishlar olib borish va hamkorlikda ilmiy izlanishlarni yo‘lga qo‘yish masalalarida fikr almashdi.  Yakunda mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!