alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR XORIJLIK OFTALMOLOG NIKKI HAFEZI BILAN HAMKORLIK MASALALARIDA UCHRASHUV O‘TKAZDI

13:25 24.04.2024

Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Shveysariya davlatidagi ELZA instituti bosh direktori, “Light for sight” jamg‘armasi a’zosi,  Toshkentdagi MESCA (Markaziy Osiyodagi Tibbiy Mahorat va Ilm-fan fondi) Foundation-National Eye Institute (Milliy ko‘z instituti) direktori Nikki Hafezi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish yuzasidan takliflar bildirilib, fikr almashildi.

Shuningdek, xorijlik mutaxassis institutda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etildi. Nikki Hafezi ushbu taklifdan mamnunligini bildirib, mustahkam hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!