Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ROSSIYALIK TAJRIBALI OFTALMOLOG ISHTIROKIDA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

09:18 26.11.2018

2018- yil  24- noyabr kuni  Rossiya  Federatsiyasi Sankt –Peterburg davlat  tibbiyot  universitetining  Oftalmologiya  kafedrasi  mudiri Brjskiy Vladimir Vsevolodovich   Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Shu kuni V. Brjskiy ADTI  rektori   M.Madazimov bilan uchrashib, bugungi kunda  institutda olib borilayotgan  o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy ishlar, hamkorlik aloqalari xususida suhbatlashdi, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida ikki tomonlama  hamkorlik  aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.    

Shundan so’ng, Andijondagi  “Bog‘ishamol”  mehmonxonasining majlislar  zalida rossiyalik  yetakchi  mutaxassis  ishtirokida  “Quruq  ko‘z sindromi – sivilizatsiyaning  kasalligidir” mavzusida  ilmiy-amaliy  konferensiya  tashkil  etildi.  Konferensiyada  ADTI oftalmologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, magistrlar  va  klinik  ordinatorlar qatnashdilar.

Tadbirda V.Brjskiy  quruq  ko‘z  sindromi kasalligining  kelib chiqishi,tashxisi, patogenezi va kasallikda qo’llaniladigan  dori vositalari, zamonaviy  davolash  usullari  to’g’risida  ma’ruza  qildi.


Ma’ruzadan so‘ng konferensiya  qatnashchilari bilan  savol-javoblar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!